locale OZ

Jamshid Majidov: \"Yoshlarimizda o‘sish bor\"

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jamshid Majidov: "Yoshlarimizda o‘sish bor"
PHOTO: Telegram

OKMKga qarshi bahsdan keyin DHL jamoasi bosh murabbiyi Jamshid Majidov taasurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Bugun raqiblarimiz yorqin o‘yin ko‘rsatishdi. Garchi birinchi uchrashuvga nisbatan bitta ko‘p to‘p o‘tkazib yuborgan bo‘lsakda, shogirdlarimda o‘zlariga nisbatan ishonch, dadillik, tezlik paydo bo‘lganidan xursandman. Ayniqsa, yoshlarimizning kattalar orasida yo‘qolib qolmaganligi, aksincha, bir necha golli vaziyatlar yarata olishgani mashg‘ulotlarimizning mahsuli bo‘ldi.

Yoshlarimizda o‘sish bor. Kubok o‘yinlarida qatnashishimizdan maqsad ham shu – rivojlanib borish, tajriba orttirish, kuchlilar qatoriga kirish".

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting