Jahongir Najmiddinov ATFC 22 turnirida oktagonga chiqadi
Buxoroda o‘tadigan jang kechasida o‘zbekistonlik sportchi afg‘on raqibga qarshi to‘qnash keladi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olamsport.uz
12 iyul kuni Buxoro shahridagi “Universal” sport majmuasida MMA bo‘yicha ATFC 22 turniri bo‘lib o‘tadi. Turnir doirasida o‘zbekistonlik mashhur aralash jang san’ati ustasi Jahongir Najmiddinov ham oktagonga ko‘tariladi. 23 yoshli sportchimizga afg‘on jangchisi Amanulloh Varmonger raqiblik qiladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Najmiddinov professional faoliyatida 19 ta jang o‘tkazib, 10 g‘alaba, 7 mag‘lubiyat va 2 durang natija qayd etgan. 27 yoshli Amanulloh esa 5 ta g‘alaba va 4 mag‘lubiyatga ega.

Bakradze Iman
Redaktor