locale OZ

Jahon kubogining ikkinchi kunida 4 ta oltin, umumiy hisobda 16 ta medal bilan tugatdik

Dushanbe shahrida sambo bo‘yicha Jahon kubogining ikkinchi kun bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jahon kubogining ikkinchi kunida 4 ta oltin, umumiy hisobda 16 ta medal bilan tugatdik
photo: sambo Uzbekistan

Jahon kubogining ikkinchi kunida 4 ta oltin, umumiy hisobda 16 ta medal bilan tugatdik.

Dushanbe shahrida sambo bo‘yicha Jahon kubogining ikkinchi kun bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Kun O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli kechdi.

Terma jamoamiz kun davomida 4 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Terma jamoamiz safida quyidagi sportchilarimiz sovrindor bo‘ldi:

Oltin:

-58 kg: Lutfulla Saydamatov (jangovar sambo)
-64 kg: Bahodir Bakiyev (jangovar sambo)
+98 kg: Islom Nosirov (jangovar sambo)
-72 kg: Shinar Ibrayeva

Kumush:

-58 kg: O‘tkir G‘ulomaliyev (jangovar sambo)

Bronza:

-59 kg: Mohinur Qudratova
+80 kg: Feruza Xo‘rozova
-79 kg: Musoxon Ziyadinov (jangovar sambo)
-98 kg: Amir Qudratullayev (jangovar sambo)


Musobaqaning birinchi kunida sambochilarimiz 5 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritishgandi.

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi Tojikistondagi Jahon kubogini 4 ta oltin, 6 ta kumush va 6 ta bronza medali bilan yakunladi.

Musobaqada jangovar sambo bahslarida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladik.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting