Jahon chempionatiga tayyorgarlik reja asosida davom etmoqda
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
PHOTO: Telegram
13-20 iyun kunlari Vengriyaning Budapesht shahri kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.
Ayni paytda O‘zbekiston ayollar terma jamoasi poytaxt viloyatining Dukent shaharchasida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazayotgan bo‘lsa, erkaklar jamoamiz Toshkentda tayyorgarlikka zo‘r berishgan.
Xususan, bugungi mashg‘ulotlarda asosiy e’tibor dzyudochilarning jismoniy tayyorgarligiga qaratildi. Aleksandr Budolin boshchiligidagi murabbiylar terma jamoamiz a’zolarini jahon chempionati kunlariga yuqori sport formasida tayyorlashga astoydil harakat qilishyapti.
Ibrohim Jalolov
Redaktor