locale OZ

Jahon chempionatiga qur’a tashlandi, dzyudochilarimiz ilk raqiblarini bilib olishdi

Boshqa sport turlari
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Jahon chempionatiga qur’a tashlandi, dzyudochilarimiz ilk raqiblarini bilib olishdi
PHOTO: Telegram

Ertaga Vengriya poytaxti Budapesht shahrida yilning eng nufuzli musobaqasi - kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati boshlanadi.

Dunyo birinchiligida 93 davlatdan jami 556 (294 erkak, 262 ayol) nafar dzyudochi medallar hamda jahon reytingi uchun qimmatli ochkolar uchun bahslarga kirishadi. Ular orasida to‘liq tarkibdagi O‘zbekiston terma jamoasi ham bor.

Biroz avval jahon chempionatiga qur’a tashlash marosimi o‘tkazilib, dzyudochilarimiz ilk davradagi raqiblarini bilib olishdi. Dzyudochilarimizga mas’uliyatli bellashuvlarda g‘alaba va omad yor bo‘lishini tilaymiz.

Dzyudochilarimiz uchun qur’a natijalari:

-60 kg: Bahrom Boturov – Ariunbold Enhtayvan (Mo‘g‘uliston) / Maksimilyan Heyder (Germaniya)

-66 kg: Zamohshari Bekmurodov – Hekim Agamammedov (Turkmaniston)

-66 kg: Azizbek Ortiqov – Yerbol Abasbekov (Qirg‘iz Respublikasi)

-73 kg: Shahram Ahadov – Lavjargal Anhzaya (Mo‘g‘uliston) / Aron Jabo (Vengriya)

-81 kg: Arslonbek Tojiyev – Antonio Espozito (Italiya)

-90 kg: Nurbek Murtozoyev – Remi Feuillet (Mavriki)

-90 kg: Shahzodxo‘ja Sharipov – Kornelius Eytertsen (Norvegiya)

+100 kg: Alisher Yusupov – Mbangnik Ndiaye (Senegal)

+100 kg: Muzaffarbek To‘raboyev – Yur Speykers (Niderlandiya)

QIZLAR

-48 kg: Halimajon Qurbonova – Vong Ka Li (Gonkong) / Lois Petit (Belgiya)

-48 kg: Laziza Haydarova – Shirin Bukli (Fransiya)

-52 kg: So‘g‘diyona Rafkatova – Tatum Kin (Buyuk Britaniya)

-52 kg: Muhayyo Ahmatova – Ilay Hayun (Isroil)

-57 kg: Shukurjon Aminova – Marta Favaz (Fransiya)

-63 kg: Marjona Nurulloyeva – Sabina Gerchak (Vengriya)

-70 kg: Xurshida Razzoqberdiyeva – Liao Yu-Jung (Xitoy Taypeyi)

-78 kg: Marjona Ko‘chimova – Lianet Kardona (Kuba)

+78 kg: Irisxon Qurbonboyeva – Erika Simonetti (Italiya)

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting