Jahon chempionatida yuqori natijalarga erishgan og‘ir atletikachilar tantanali kutib olindi
Turnirda Akbar Jo‘rayev uch karra jahon chempioni bo‘ldi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Olympic.uz
Norvegiyada bo‘lib o‘tgan og‘ir atletika sport turi bo‘yicha jahon chempionatida hamyurtimiz Akbar Jo‘rayev -110 kg vaznda yuqori natijalarga erishib, uch karra jahon chempioni bo‘ldi.
Ruslan Nurudinov esa ushbu nufuzli musobaqada 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Bugun erta tongda Toshkent xalqaro aeroportida jahon chempionatida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarimizni keng jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.