Ixtiyor Toshpo‘latov: «Guruhdan chiqishni maqsad qilgandik. Bunga yakunda erishdik»
U «Buxoro»ga qarshi bellashuvdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Гулистон ПФК
«Guliston» jamoasining yetakchi o‘yinchi futbolchilaridan biri Ixtiyor Toshpo‘latov «Buxoro»ga qarshi bellashuvdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
«Bu g‘alaba bilan butun sirdaryolik futbol ishqibozlarini tabriklayman. O‘yindan oldin o‘z oldimizga yuqori maqsadlarni qo‘ygandik. Guruhdan keyingi bosqichga chiqishni asosiy vazifa qilgandik. Mana ko‘rib turibsizlarki, o‘sha qo‘yilgan maqsad va vazifalarga erishdik.
Butun jamoa bo‘lib harakat qildik. Bu yerda futbolchi, murabbiylar va jamoamiz tizimizda ishlayotgan insonlarning hissasi bor. Bir jamoa bo‘lib harakat qilyapmiz. Bu esa muvaffaqiyatimizga bosh omil bo‘ldi», — dedi Toshpo‘latov o‘yindan so‘ng OAV xodimlari bilan suhbatda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist