locale OZ

Istanbulda Butunjahon etnosport festivali boshlandi

Tadbir maydonlarida oʻzbek jang sanʼati va kurash kabi milliy sport turlarimiz boʻyicha mahoratli sportchilarning koʻrgazmali chiqishlari namoyish etilmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Istanbulda Butunjahon etnosport festivali boshlandi
photo: MOQ

Turkiyaning Istanbul shahrida dunyo xalqlarining qadimiy anʼanalari va milliy oʻyinlarini birlashtirgan navbatdagi Butunjahon etnosport festivali boshlandi. Mazkur nufuzli anjumanda Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Milliy Olimpiya hamda Paralimpiya qoʻmitalari, shuningdek, mamlakat Etnosport federatsiyasi rahbariyati qatnashmoqda.

Festival doirasida Oʻzbekiston delegatsiyasi vakillari Butunjahon etnosport konfederatsiyasi rahbari Najmiddin Bilol Erdoʻgʻon bilan muloqot oʻtkazdilar. Unda xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, milliy qadriyatlar va sport turlarini global miqyosda keng targʻib etish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, Gruziya sport vaziri Shalva Gogoladze bilan ham uchrashuv oʻtkazildi.

Tadbir maydonlarida oʻzbek jang sanʼati va kurash kabi milliy sport turlarimiz boʻyicha mahoratli sportchilarning koʻrgazmali chiqishlari namoyish etilmoqda. Festival ishtirokchilari va xorijlik mehmonlar uchun milliy taomimiz palov tayyorlanib, barchaga tortiq etildi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting