locale OZ

Islombek Ismoilov: «Kuchli tarkibingiz borligi har qanday raqibni mag'lub eta olasiz degani emas»

"Neftchi" bosh murabbiyi "Dinamo"ga qarshi bahsdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Islombek Ismoilov: “Kuchli tarkibingiz borligi har qanday raqibni mag'lub eta olasiz degani emas”
Фото: Динамо ПФК

Superliga 15-turining markaziy o‘yini "Dinamo" va "Neftchi" jamoalari o‘rtasidagi bellashuv durang (0:0) natija bilan yakunlangach, uchrashuvdan so‘ng dastlab Farg‘ona klubi bosh murabbiyi Islombek Ismoilov matbuot anjumanida jurnalistlar savollariga javob berdi.

- Ikkala jamoa ham hujumkor o‘yin namoyish etishini hamma biladi. Har ikki tomonda ham hujumlar va golli vaziyatlar yetarli bo‘ldi, faqat o‘yinga gol yetishmadi. Xatolarni tahlil qilamiz.

Neftchining kuchli tarkibi bugun samara bermadimi? “Dinamo” tarkibini ham yomon demagan bo‘lardim. Tajribali Bahodir Nasimovni aytmasak, qolgan hujumkor futbolchilari yosh va hali o‘sishga muhtoj yigitlar. Firdavs Abdurahmonov, Oybek Urmonjonov, Behruzbek Obloqulov shular jumlasidan. Qolaversa, Anvarjon Hojimirzayev ham ayni paytda o‘zining eng yaxshi davrini o‘tkazmoqda. Ha, bu yigitlar hali uncha tanilmagan, biroq "Dinamo"ning yoshlari bu yoshda O‘zbekistondagi eng yaxshilaridan hisoblanadi. Ha, biz bugun g‘alaba qozona olmadik, biroq kuchli tarkibingiz borligi har qanday raqibni mag‘lub eta olasiz degani emas. Buni JCHda Ispaniya Kabo-Verdeni mag‘lub eta olmagani misolida ko‘rish mumkin. Chempion sifatida harakat qilish, turnir jadvalida yuqorida turish oson emas. Bugun "Dinamo"da yo‘qotadigan narsa yo‘q edi, ular yomon o‘ynamadi. “Dinamo”da ham bir qancha golli vaziyatlar yuzaga keldi”, – dedi Islombek Ismoilov matbuot anjumanida.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting