locale OZ

Islom birdamlik o‘yinlarida futzal taqvimi tasdiqlandi

Guruhlarda birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egallagan jamoalar 9 noyabr kuni yarim finalda kuch sinashadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Islom birdamlik o‘yinlarida futzal taqvimi tasdiqlandi
Фото: Ўзбекистон футзали

Noyabr oyining birinchi yarmida jahon sport jamoatchiligining diqqat-e'tibori Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahriga qaratiladi. 4-21 noyabr kunlari 23 sport turini o‘zida jamlagan VI Islom birdamlik o‘yinlari muxlislarga unutilmas lahzalarni taqdim etadi.

Kecha Islom Birdamligi O‘yinlarini ochib beruvchi futzal musobaqasi taqvimi tasdiqlandi. Unga ko‘ra jamoalar 2 noyabr sanasida Ar Riyod shahriga etib kelib, mashg‘ulotlarga kirishishi mumkin. O‘sha kuni jamoa rasmiylari ishtirokida yig‘ilish ham bo‘lib o‘tadi. Guruh bosqichi bahslari 4 noyabrda start oladi. Ikkinchi va uchinchi tur uchrashuvlari 6-8 noyabr kunlariga rejalashtirilgan.

Guruhlarda birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egallagan jamoalar 9 noyabr kuni yarim finalda kuch sinashadi. 11 noyabrda 3-o‘rin uchun bahs hamda final o‘yini bo‘lib o‘tadi.

Quyida O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘yinlari taqvimi bilan tanishing:

1-tur. 04.11.2025-yil, soat 19:00 – 21:30. Saudiya Arabistoni – O‘zbekiston

2-tur. 06.11.2025-yil, soat 16:00 – 18:30. O‘zbekiston – Ozarbayjon

3-tur. 08.11.2025-yil, soat 16:00 – 18:30. O‘zbekiston – Liviya

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting