UFCning sobiq chempioni Aljamain Sterlingning ta’kidlashicha, Islam Maxachev faoliyati va raqiblar darajasi bo‘yicha Xabib Nurmagomedovdan ustun.
“Menimcha, Islam – tarixdagi eng kuchli yengil vazn jangchilaridan biri. U faoliyat jihatidan Xabibdan ustun, deb o‘ylayman. O‘ylashimcha, u UFCda Xabibga nisbatan ko‘proq jang o‘tkazgan. Eng muhimi — u chempionlikni qo‘lga kiritgan paytda juda kuchli raqiblarni yengdi va unvonni muvaffaqiyatli himoya qildi. Xabibda 13 yoki 14 ta jang bo‘lgan bo‘lsa, Islamda bu ko‘rsatkich ancha yuqori”, — dedi Sterling o‘zining YouTube kanalida.
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz
Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring!Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!