Iordaniya. Nihoyat, yunon-rum kurashchilarimizdan medallar!
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
PHOTO: Telegram
Sport kurashlari boʻyicha Iordaniyada bo’lib o’tayotgan Osiyo chempionati o’z nihoyasiga yetdi. Erkin kurash bahslari terma jamoamiz uchun omadsiz kelib, ushbu yo’nalishda sportchilarimiz birorta ham medalni qo’lga kirita olmagani haqida xabar bergan edik.
Nihoyat, yunon-rum kurashi bo’yicha gilamga chiqqan kurashchilarimiz kutilgan natijalarni qo’lga kirita oldilar. Ushbu sport turi bo’yicha vakillarimiz erkaklardan 3ta oltin, 2ta kumush va 1ta bronza medallariga ega chiqishgan bo’lsa, qizlardan bitta bronza medaliga sazovor bo’lishdi.


Shunday qilib yunon-rum kurashchilarimiz Amman shahridan jami 7ta medal bilan uyga qaytadigan bo’lishdi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor