Iliya Topuriya chempionlik kamarini qachon himoya qilishini ma’lum qildi
UFC’ning yangi chempioni 2025 yil oxirigacha oktagonga qaytishga tayyor
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com
Ispaniya va Gruziya sharafini himoya qiluvchi 28 yoshli Iliya Topuriya kecha Las-Vegasda bo‘lib o‘tgan UFC 317 turnirida yengil vazn toifasidagi chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi. U asosiy jangda sobiq chempion Charlz Oliveyrani ilk raunddayoq chuqur nokautga uchratib, UFC’ning yangi chempioniga aylandi.
Topuriya musobaqadan so‘ng bergan intervyusida 2025 yil oxirigacha yana bir jang o‘tkazish niyatida ekanini bildirdi.
“Yil yakunigacha kamarni himoya qilishga tayyorman. Agar UFC buni ma’qul ko‘rsa, men ham roziman”, — deya Topuriyaning so‘zlarini keltiradi MMA Mania portali.
UFC muxlislari endi Topuriyaning ilk himoya jangida qaysi raqibga qarshi kurash olib borishini kutmoqda.
Bakradze Iman
Redaktor