Ilia Topuriya: Uchinchi kamar haqida o'ylaganman, lekin UFC buni sir saqlashimni so'ragan
UFC engil vazn toifasidagi amaldagi chempion Ilia Topuriya navbatdagi jang va ehtimoliy uchinchi chempionlik kamari haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Navbatdagi jangimni Paddi Pimblettga qarshi o‘tkazishni rejalashtirmayapman. Lekin agar u yaqinda g‘alaba qozonsa, imkoniyatga ega bo‘ladi deb o‘ylayman. Qachonki raqibim kim bo‘lishini bilmayman. Bu sportda afsonalar yo‘q. Lekin tanlash imkoni bo‘lsa, Paddini tanlardim. Chunki men u bilan istaganimni qila olishimni bilaman. Uning yuzini javobsiz qoldirmoqchi emasman”, — dedi Topuriya.
Shuningdek, u UFC’da uchinchi kamar uchun kurashish masalasi bo‘yicha ham fikr bildirdi:
“Men bu haqida o‘ylaganman. Ammo UFC ma’muriyati menga jangdan keyin bu mavzuda bayonot bermasligimni so‘radi. Va men va’da berdim”, — deya qo‘shimcha qildi chempion.