locale OZ

Ilhom Nazimov RIZIN turnirida raqibini dahshatli nokautga uchratdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olamsport.uz

Yaponiyaning Sapporo shahrida aralash yakka kurash bo‘yicha RIZIN Landmark 11 turniri bo‘lib o‘tdi. Musobaqaning asosiy janglaridan biri doirasida o‘zbekistonlik Ilhom Nazimov mahalliy sportchi Suguru Nii'ga qarshi oktagonga ko‘tarildi. Yarim engil vaznda o‘tgan jang uch raundga mo‘ljallangan bo‘lsa-da, Nazimov raqibini ilk raunddayoq dahshatli nokautga uchratib, g‘alabani o‘z nomiga yozdirdi.

Shu tariqa 30 yoshli hamyurtimiz faoliyatidagi g‘alabalar sonini 12 taga yetkazdi (3 mag‘lubiyat). Suguru Nii'ning rekordi esa 19 g‘alaba va 13 mag‘lubiyatdan iborat bo‘ldi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting