Ikki nafar o‘zbekistonlik yengil atletikachi Osiyo chempionatida sovrindor bo‘lishdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Olympic.uz
Koreya Respublikasining Mokpo shahrida yengil atletikaning uloqtirish turlari bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Bugungi bellashuvlarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 2 ta kumush medalga sazovor bo‘lishdi.
Dastlab Malika Nasriddinova yadro uloqtirish dasturida 17.14 metr natija bilan ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, bosqon uloqtirish sektorida Suhrob Xodjaev 69.52 metr bilan kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Dasturga ko‘ra, ertaga nayza uloqtirish bo‘yicha bellashuvlar tashkil etiladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist