“Ichki ishlar vaziri kubogi” musobaqasining yopilish marosimi boʻlib oʻtdi
“JAR” sport-sogʻlomlashtirish majmuasida IIV akademik litseylari hamda Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan voleybol bo‘yicha “Ichki ishlar vaziri kubogi” musobaqasining yakuniy bosqichi va tantanali yopilish marosimi boʻlib oʻtdi. Marosimda Oʼzbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi Maʼnaviy-maʼrifiy va kadrlar bilan taʼminlash departamenti boshligʼi oʼrinbosari polkovnik Umidbek Kupalovich, shuningdek, soha masʼullari ishtirok etdi. Tadbir boshida Umidbek Kupalovich sportchilarni tabriklab, musobaqaning ahamiyati, yoshlarning harbiy-vatanparvarlik ruhini mustahkamlashdagi oʻrniga alohida toʻxtalib oʻtdi hamda musobaqani rasman ochiq deb eʼlon qildi. Shundan so‘ng IIV namunali orkestri tomonidan davlat madhiyasi ijro etildi.
Tadbir davomida eng yaxshi jamoa murabbiysi, eng faol jamoa rahbari, eng faol ishtirokchi nominatsiyalari bo'yicha ham g'oliblar aniqlanib, qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan mukofatlandilar.
Musobaqa natijalariga ko'ra:
1-o'rin Qashqadaryo
2-o'rin Qoraqalpog'iston
3-o'rin Toshkent jamoalariga nasib etdi. Jamoalarga diplom, medal va qimmatbaho esdalik sovg'alari ham topshirildi.
“Ichki ishlar vaziri kubogi” uchun kechgan mazkur bahslarda litseylar oʻrtasida sogʻlom raqobat, jismoniy tayyorgarlik va jamoaviy ruh namoyon boʻldi. Musobaqa davomida oʻzining yuksak mahorati, qatʼiyati va jismoniy tayyorgarligi bilan ajralib turgan jamoalar gʻoliblikni qoʻlga kiritishdi.