locale OZ

Husniddin Nishonov jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi

Husniddin Nishonov bir hafta muqaddam poytaxtimizda jarrohlik amaliyotini boshidan o‘tkazdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Husniddin Nishonov jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi
Фото: Ўзбекистон футзали

Qarshi shahrida mamlakat milliy chempionatining 4-tur bahslari qizg‘in davom etmoqda. Futzal ishqibozlari esa O‘zbekiston milliy terma jamoasi hamda “BMB” o‘yinchisi Husniddin Nishonov nega maydonda ko‘rinmayotgani haqida so‘rashmoqda.

Husniddin Nishonov bir hafta muqaddam poytaxtimizda jarrohlik amaliyotini boshidan o‘tkazdi. Jizzaxdagi tur oldidan uning eski jarohati yana bezovta qila boshlagan edi.

O‘zbekiston futzal federatsiyasi ko‘magi hamda Tibbiyot departamenti tavsiyasiga binoan, Nishonov o‘tgan mavsumda Belarusda olgan jarohati joyidan operatsiya qilindi.

“Jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tdi. Hozirda Husniddinning sog‘ligi yaxshi, kayfiyati ham yuqori. Mutaxassislar uning tiklanish jarayoniga taxminan bir yarim oy vaqt kerakligini aytishmoqda”, - deyiladi O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting