Humoyun To‘xtamurodov AQShdagi menejerlik kompaniyasi bilan shartnoma tuzdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com
O‘zbekistonlik MMA jangchisi Humoyun To‘xtamurodov AQShda joylashgan ECB Sports Management menejerlik kompaniyasi bilan hamkorlik shartnomasi imzoladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu tashkilot Amerika Qo‘shma Shtatlarida faoliyat yuritadi va bir qancha o‘zbek sportchilari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Yarim o‘rta vazn toifasida PFL ligasida jang qilib kelayotgan Mirafzal Ahtamov yaqinda aynan shu kompaniyada menejerlik faoliyatini boshlagan edi. Humoyun To‘xtamurodov esa Ahtamovning ilk jangchisi sifatida ECB tarkibiga qo‘shildi.
Bundan buyon To‘xtamurodov o‘z menejerlik ishlarini ECB Sports Management bilan hamkorlikda olib boradi. U 30 iyun kuni Qozog‘istonda navbatdagi jangini o‘tkazishi kutilmoqda.
Bakradze Iman
Redaktor