“Humo arena”da stol tennisi boʻyicha xalqaro musobaqa oʻtkaziladi
Toshkent yana bir nufuzli musobaqaga mezbonlik qiladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FОТО: Wikipedia.com
28-31-may kunlari Toshkentda stol tennisi boʻyicha “WTT Youth contender” tasnifidagi xalqaro musobaqa bo'lib o'tadi.
Mazkur turnirda 16 mamlakatdan 300 nafardan ortiq yosh stol tennischi gʻoliblik uchun bahs olib boradi.
Bellashuvlar muhtasham “Humo arena” majmuasida oʻtkaziladi. Dasturga koʻra, sportchilar U11, U13, U15, U17 va U19 yosh toifalarida ishtirok etishadi.
Mazkur turnirda qatnashadigan yosh atletlarimiz hozirda soʻnggi mashgʻulotlarini oʻtkazishmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist