«Hokim olimpiadasi» sport musobaqalari davom etmoqda
Bu haqda Andijon sport boshqarmasi xabar berdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Андижон спорт бошқармаси
Bugun Xonobod shahrida ushbu musobaqaning voleybol bo'yicha qizlar o'rtasida birinchi bosqich bellashuvlariga start berildi
Musobaqaning ochilish marosimida Xonobod shahar hokimi, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, sport maktabi hamda Yoshlar ishlari agentligining mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Sportning voleybol turi bo‘yicha o'tkazilayotgan ushbu musobaqalarda sport ta’lim muassasalari, xususiy sport klublari va boshqa yakka tartibda faoliyat olib borayotgan trenerlarning sport tayyorgarligidan o'tgan 13-14 yosh toifasidagi qizlar o'rtasida haqiqiy kurash va murosasiz bahslar bo‘lib o‘tmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist