locale OZ

«Hech bir o‘yinchi davlatidan ustun emas» — Amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaraju

Hindiston terma jamoasi safida 4-taxtada harakat qilayotgani va jamoaviy taqsimot haqida amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaraju o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Hech bir o‘yinchi davlatidan ustun emas» — Amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaraju
photo: gettyimages

«Hech bir o‘yinchi davlatidan ustun emas» — Amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaraju

Hindiston terma jamoasi safida 4-taxtada harakat qilayotgani va jamoaviy taqsimot haqida amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaraju o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi:

«Prag va Arjun ajoyib sport formasida. Bu mening va butun jamoaning g‘oyasi edi. Biz barchamiz bu tartib turnirda g‘alaba qozonish uchun eng yaxshi imkoniyat beradi deb o‘yladik. Jahon chempionining 4-taxtada o‘ynashi g‘alati ko‘rinishiga kelsak, agar jamoaga kerak bo‘lsa, hatto barcha o‘yinlarda dam olishga ham tayyorman.

Biz bu yerda Hindiston uchun o‘ynayapmiz va mamlakatdan ulug‘ o‘yinchi yo‘q. Shuning uchun jamoaning muvaffaqiyati uchun nima kerak bo‘lsa, shuni qilishdan xursandman»

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting