locale OZ

Hebberth Oliveyra BOLT: \"Shunday klub tarixining bir bo‘lagi bo‘lganimdan faxrlanaman\"

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Hebberth Oliveyra BOLT: "Shunday klub tarixining bir bo‘lagi bo‘lganimdan faxrlanaman"
PHOTO: Telegram

Xabaringiz bor, 2-iyun sanasida O‘zbekiston kubogi final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Bosh sovrin uchun BMB PFC hamda "Oil Star" jamoalari kurash olib boradi.

Biz mazkur bahs oldidan BMB PFC sardori Hebberth Oliveyra BOLT bilan bog‘landik.

"Finalga tayyorgarlik rejadagidek ketmoqda. Biz yana bir bor O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritish imkoniyatiga egamiz. Ushbu jamoada to‘p tepishimdan va klub tarixining bir bo‘lagi bo‘lganim, uning yutuqlarida hissam borligidan juda xursandman. Hozir esa butun jamoa o‘zgacha ishtiyoq bilan mamlakatda yana bir chempionlik uchun kurashishga to‘liq tayyorligini his qilyapman.

To‘purarlar poygasi? Chempion bo‘lish uchun astoydil ishlayapman, bu mening asosiy maqsadim. Indiviudal natijalar esa ikkinchi darajali hisoblanadi",-deydi legioner futzalchi

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting