locale OZ

Hamzat Chimayev navbatdagi janggini qachon oʻtkazishini aytdi

31 yoshli jangchi BAA sharafini himoya qilmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Hamzat Chimayev navbatdagi janggini qachon oʻtkazishini aytdi
FOTO: Getty Images

O‘rta vazn toifasida amaldagi UFC chempioni (84 kg) Xamzat Chimaev navbatdagi jang sanasi haqida ma’lum qildi. Bu haqda u jurnalist Adom Zubayraevga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

— Oktagonga qaytishingni qachon kutamiz?

— Mening qaytishim — Ramazondan keyin. Hozir oyog‘imda kichik jarrohlik amaliyotini oʻtkazishim kerak. Bir necha haftaga mashg‘ulotlardan chekinaman, yara bitishi kerak. Shundan so‘ng Ramazondan keyin tayyorgarlikni boshlaymiz. Kimni bersa — o‘sha bilan jang qilaman, — dedi Chimaev.

Maʼlumot uchun, Chimaev UFC tarixida professional darajada mag‘lubiyatga uchramagan holda chempionlik kamariga ega chiqqan 16-jangchi hisoblanadi. Uning faoliyatida 15 g‘alaba bor, shulardan 12 tasi muddatidan avval yakunlangan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting