Hamyurtlarimiz III Xalqaro adaptiv sport turlari festivali «Impuls» musobaqasida munosib ishtirok etishdi
Stol tennisi bo'yicha O‘zbekiston jamoasi 2 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medalni jamg'arishdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Спорт вазирлиги
"Impuls" festivali 20 dan ortiq mamlakat va mintaqalardan 2 000 nafardan ortiq maxsus olimpiada sportchilari o‘rtasida o'tkazildi. Ushbu festivalda sportchilarimiz ham ishtirok etishdi.
Festival nafaqat musobaqa, balki inklyuziv sportni rivojlantirish, tajriba almashish va mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlash uchun muhim maydon bo‘ldi.
Festival doirasida ishtirokchilar 20 dan ortiq sport turlari bo‘yicha bellashdi, shuningdek, jamoaviy va yakka tartibdagi musobaqalar, inklyuziya va tajriba almashish faoliyatlari o'tkazildi.
Futbol bo'yicha O‘zbekiston jamoasi "Impuls" musobaqasida 1-o‘rin va festival kubogini qo‘lga kiritdi. Stol tennisi bo'yicha O‘zbekiston jamoasi 2 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medalni jamg'arishdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist