Gusman Qosanov xotira turniri: O‘zbekiston yengil atletikachilari bir kunda 10 ta medal qo‘lga kiritishdi
Qozog‘istonda Markaziy Osiyodagi eng nufuzli xalqaro yengil atletika musobaqalaridan biri — XXXIV Gusman Qosanov xotira turniri o‘z nihoyasiga yetdi. So‘nggi kun O‘zbekiston sportchilari uchun muvaffaqiyatli kechdi — ular turli yo‘nalishlarda 10 ta medal qo‘lga kiritishdi.
Oltin medal egalari:
• Amir Nagaev — balandlikka sakrash
• Irina Levina — 800 metrga yugurish
• Sarvar Ismoilov — nayza uloqtirish
• Sharifa Davronova — uch hatlab sakrash
Kumush medal sohiblari:
• Vadim Chikalov — balandlikka sakrash
• Musharrafxon Sayidahmedova — nayza uloqtirish
• Nasima Mamirova — 5000 metrga yugurish
• Hasan Mirsoatov — 400 metr aralash estafeta
Bronza medal:
• Asadbek Murotov — nayza uloqtirish
Musobaqa yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston delegatsiyasi jami 19 ta medal bilan turnirni yakunladi.