locale OZ

Gurlan tumanida ilk bor belbog‘li kurash bo‘yicha 2009-2010 yillarda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘ladi

Ayni paytda esa mamlakatimizning barcha hududlaridan polvonlar Gurlan tumanida jam bo‘lishgan.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gurlan tumanida ilk bor  belbog‘li kurash bo‘yicha 2009-2010 yillarda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘ladi
photo: Kurash Uzbekistan

Xabaringiz bor, 20-23 aprel kunlari Xorazm viloyatining Gurlan tumanida ilk bor belbog‘li kurash bo‘yicha 2009-2010 yillarda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tadi. Ayni paytda esa mamlakatimizning barcha hududlaridan polvonlar Gurlan tumanida jam bo‘lishgan.

Ertaga 21 aprel kuni start oladigan mazkur mamlakat chempionati oldidan bugun Gurlandagi sport majmuada sportchilarni tarozidan o‘tkazish, qur’a tashlash marosimi va murabbiy va hakamlar ishtirokida musobaqani munosib tarzda o‘tkazish yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi bosh kotibi, musobaqa bosh hakami Abduxalil Malikov, Xorazm viloyati belbog‘li kurash federatsiyasi raisi, musobaqa bosh kotibi Bekbergan Boltayev boshchiligida o‘tkazilgan mazkur yig‘ilishda asosan tartib—intizom, har bir bellashuv jarayonlarini adillik va halollik bilan boshqarish kabi jihatlar ta’kidlab o‘tildi.
Eslatib o‘tamiz chempionatda o‘g‘il bolalar belbog‘li kurashning erkin va klassik yo‘nalishlarida 13 ta vazn toifasida kuch sinashishsa, qizlar erkin yo‘nalishda 8 ta vazn toifasida bellashishadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting