Greya — AQSh ot sporti federatsiyasi talqiniga ko‘ra yil oti
AQSh ot sporti federatsiyasi Kent Farringtonning jangovar sherigi — oldenburg zotiga mansub, 12 yoshli Greya laqabli biyani “Yil oti” deb e’tirof etdi.
Mazkur yuksak e’tirof juftlikning xalqaro maydondagi yuqori va barqaror natijalari bilan izohlanadi. 2025 yil davomida Farrington va Greya CSI5* darajasidagi yetti Gran-prida g‘alaba qozondi, shuningdek, dunyoning yetakchi chavandozlari ishtirok etgan marshrutlarda 15 bor eng yaxshi 12likdan joy oldi.

Juftlikning eng muhim yutuqlari qatorida American Gold Cup, CSI5* Kentucky Invitational musobaqalaridagi g‘alabalar hamda Jenevadagi nufuzli turnirdagi muvaffaqiyat alohida ta’kidlanadi.
Federatsiyaning rasmiy press-relizida quyidagilar qayd etilgan:
«Greya o‘zining betakror fazilatlari tufayli yil davomida eng barqaror otlardan biri ekanini isbotladi. U Kent Farringtonning jahon reytingida birinchi o‘rinni egallashida muhim rol o‘ynadi»
Chavandoz ushbu mukofotni katta mamnuniyat bilan qabul qildi:
«Greya bilan birga “Yil oti” unvoniga sazovor bo‘lganimdan nihoyatda faxrlanaman. U 2025 yil davomida doimiy ravishda yuqori sport formasini namoyish etdi. Shubhasiz, bu alohida e’tiborga loyiq ot»