locale OZ

Grek-rim kurashi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi: musobaqaning birinchi kuni g‘oliblari ma’lum bo‘ldi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Grek-rim kurashi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi: musobaqaning birinchi kuni g‘oliblari ma’lum bo‘ldi
Grek-rim kurashi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi: musobaqaning birinchi kuni g‘oliblari ma’lum bo‘ldi

5 may kuni Toshkentdagi “Universal” sport majmuasida kattalar o‘rtasida grek-rim kurashi bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi start oldi. Musobaqa tantanali ochilish marosimi bilan boshlandi, unda Sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi va Kurash federatsiyasi vakillari ishtirok etdi.

Rasmiylar yangi olimpiya siklida o‘zbek kurashchilaridan katta natijalar kutilayotganini ta’kidlab, davlat tomonidan ular uchun barcha sharoitlar yaratilishini ma’lum qilishdi.

Turnirda respublika bo‘ylab 500 nafardan ortiq sportchi ishtirok etmoqda. G‘olib va sovrindorlar jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘ruvchi O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga kiritiladi. Jahon chempionati joriy yil Xorvatiyada o‘tkaziladi.

5 may kuni bo‘lib o‘tgan bahslar natijalari (grek-rim kurashi):
60 kg
1. Yakhaboev Quvonchbek (Samarqand)
2. Tursunboev Abdulaziz (Namangan)
3. Ziyodullaev Behruz (Jizzax)
4. Shodmonov Ramziddin (Toshkent sh.)
67 kg
1. Sharifjonov Shermuhammad (Namangan)
2. Halimboev Ozodbek (Samarqand)
3. Yusupov Muhammadsaid (SShOR)
4. Mukimov Agabek (Toshkent viloyati)
77 kg
1. Aliev Abdulla (SShOR)
2. Nakibov Daniyerkhon (SShOR)
3. Abdulazizov Baxtiyor (Toshkent viloyati)
4. Jamol Jumaboev (Buxoro)
87 kg
1. Uzoqov Rahimjon (SShOR)
2. Alimjanov Murodjon (Andijon)
3. Abdumutalipov Abdulla (Andijon)
4. Ahmedov Bekzod (Toshkent viloyati)
97 kg
1. Jalilov Abduqahhor (SShOR)
2. Qandilov Botir (Qashqadaryo)
3. Shamsiddinov Khudoyor (Toshkent viloyati)
4. Shodiyorov Javohir (SShOR)
130 kg
1. Nasimov Temurbek (SShOR)
2. Kholmurzaev Otabek (Toshkent viloyati)
3. Rahmatov Damir (Farg‘ona)
4. Hamidullaev Sardor (Samarqand)

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting