Golbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati yakunlandi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
PHOTO: Telegram
Xabar berganimizdek, Jizzax shahri golbol bo‘yicha mamlakat birinchiligiga mezbonlik qildi. 3 kun davom etgan murosasiz bahslar yakuniga ko‘ra chempionlik Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamoasiga nasib etdi. Finalda imkoniyatni boy bergan Qashqadaryo viloyati jamoasi esa kumush medalga sazovor bo‘ldi. Kuchli uchlikni esa mezbonlar - Jizzax viloyati jamoasi yakunlab berdi.
Gʻolib va sovrindorlarga tashkilotchilar tomonidan medal hamda maxsus diplom topshirildi.
Eng so'nggi xabar va yangiliklarni Sports24.uz sayti orqali kuzatib boring.
Ibrohim Jalolov
Redaktor