Gimnastika. O'zbek sportchilari Jahon chellenj kubogini 10 ta medal bilan yakunladi
Sportchilarimiz mazkur musobaqada 2 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: gimnastika Uzbekistan
Gimnastika bo'yicha O'zbek sportchilari Jahon chellenj kubogini 10 ta medal bilan yakunladi
Toshkentda sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon chellenj kubogi o‘z yakuniga yetdi. Musobaqaning bugungi bahslarida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 1 ta oltin, 2 tadan kumush hamda bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.
Oltin medal:
Alisher Boysarov (turnik)
Kumush medal:
Ahrorxon Temirxonov (parallel brus)
Dildora Aripova (erkin mashq)
Bronza medal:
Dildora Aripova (to‘sin)
Soliha Tursunboyeva (erkin mashq)
Shu tariqa, sportchilarimiz mazkur musobaqada 2 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor