Gimnastika. FSU sport psixologi muntazam ravishda sportchilar va ularning murabbiylari uchun ma'ruzalar va seminarlar o'tkazadi
FSU sport psixologi muntazam ravishda sportchilar va ularning murabbiylari uchun ma'ruzalar va seminarlar o'tkazadi.
So‘nggi uchrashuv badiiy gimnastika bo‘yicha milliy terma jamoamiz murabbiylari bilan bo‘lib o‘tdi.
Sport psixologiyasi mutaxassisi Timur Sultonov ishtirokchilarga ruhiy tayyorgarlikning o‘ziga xos jihatlari, psixologik chidamlilik, motivatsiya, murabbiy va gimnastikachi o‘rtasida samarali muloqot o‘rnatishning ahamiyati bilan o‘rtoqlashdi.
Sportchilarda ham, murabbiylarda ham hissiy charchoqning oldini olish va ichki resurslarni saqlash usullariga alohida e'tibor qaratildi.
Bunday uchrashuvlar yuqori darajadagi sportning psixologik jihatlarini chuqurroq tushunishga va bu bilimlarni kundalik amaliyotda qo‘llashga yordam beradi.