locale OZ

Geyji MakGregordan keyin yengil vaznda chempionni magʻlub etib kamarni qoʻlga kiritgan ilk jangchiga aylandi

Amerikalik yakka kurash ustasi Iliya Topuriyani magʻlub etdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Geyji MakGregordan keyin yengil vaznda chempionni magʻlub etib kamarni qoʻlga kiritgan ilk jangchiga aylandi
FOTO: Getty Images

Jastin Geyji UFC yengil vazn toifasida amaldagi chempionni mag‘lub etib, chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan Konor MakGregordan keyingi ilk jangchiga aylandi.

2016-yilda Konor MakGregor Eddi Alvaresni mag‘lub etib, yengil vazn chempioniga aylangan edi. Shundan keyin ushbu vaznda yangi chempionlarning barchasi vakant qolgan kamar uchun o‘tkazilgan janglar orqali aniqlanib kelayotgandi.

Geyji esa amaldagi chempionni mag‘lub etish orqali bu seriyaga yakun yasadi. U nafaqat chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi, balki yengil vazn tarixidagi muhim statistik natijalardan biriga ham mualliflik qildi.

Shu tariqa, Jastin Geyji UFC yengil vazn toifasida Konor MakGregordan keyin amaldagi chempionni taxtdan ag‘darib, kamarni qo‘lga kiritgan birinchi jangchi sifatida tarixga kirdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting