Gandbol. Urganchlik sportchilar Xorazm viloyati kubogini qo'lga kiritdi
Urganch OPSTTM bazasida U-16 gandbol jamoalari o‘rtasida Xorazm viloyati kubogi o‘tkazildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Gandbol
Urganch OPSTTM bazasida U-16 gandbol jamoalari o‘rtasida Xorazm viloyati kubogi o‘tkazildi.
Ikki kun davom etgan musobaqada SO‘TЕAISM tarbiyalanuvchilaridan tashkil topgan Urganch shahar o‘g‘il bolalar (treneri Azamat Rozimbetov) va qizlar (treneri Rustam Botirov) jamoalari joriy yilgi viloyat kubogini qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, o‘g‘il bolalar birinchiligida Yangibozor tumani jamoasi ikkinchi, Hazorasp tumani jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi. Qizlar jamoalari orasida esa mos ravishda bog‘otlik va shovotlik gandbolchilar shohsupaning ikkinchi va uchinchi pog‘onasiga ko‘tarilishdi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor