Gandbol bo‘yicha U-19 O‘zbekiston qizlar terma jamoamiz a’zolari Tailand mezbonlik qilgan TROPHY kubogining Osiyo bosqichida g'alaba qozondi
Bu g‘alaba gandbolchilarimizga jahon chempionatiga yo‘llanmasini taqdim etdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Gandbol
Gandbol bo‘yicha U-19 O‘zbekiston qizlar terma jamoamiz a’zolari Tailand mezbonlik qilgan TROPHY kubogining Osiyo bosqichida muvaffaqiyatli qatnashib, g‘alabaga erishdi.
24-28-noyabr kunlari o‘tkazilgan nufuzli musobaqaning finalida O‘zbekiston - Hindiston termasiga qarshi maydonga tushdi. Murosasiz qarama-qarshilikda yurtimiz sportchilari 40:33 hisobida zafar quchib, kubok sohibiga aylanishdi.
Bu g‘alaba gandbolchilarimizga jahon chempionatiga yo‘llanmasini taqdim etdi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor