Gandbol bo'yicha O‘zbekiston chempionati o'tkazildi
Murosasiz bellashuvlar ostida kechgan ushbu musobaqada yuqori darajadagi o‘yinlar namoyish etildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Спорт вазирлиги
Urganch shahrida joylashgan "Yoshlik" sport majmuasida gandbol bo'yicha erkaklar va ayollar jamoalari o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi.
Murosasiz bellashuvlar ostida kechgan ushbu musobaqada yuqori darajadagi o‘yinlar namoyish etildi.
“Urganch RANCH” ayollar jamoasi to‘rt davra yakuni bo‘yicha O‘zbekiston chempioni unvoniga sazovor bo‘ldi. Xorazmlik sportchilar – OKMK (Toshkent viloyati) jamoasini 36:35, kumush medal sohibi Toshkent shahri jamoasini esa 43:41 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist