Futzal. «Samarqand» tayyorgarlikni boshladi
Legionerlar shu oyning oxirigacha klub ixtiyoriga yetib kelishi kutilmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Ўзбекистон футзали
Mamlakatimizning tajribali jamoalaridan biri — “Samarqand” PFKda XXX milliy chempionatiga tayyorgarlik jarayoni qizg‘in davom etmoqda. Mashg‘ulotlar Samarqand shahridagi Olimpiya stadionida olib borilmoqda.
Ayni paytda murabbiylar shtabi asosiy e’tiborni futzalchilarning jismoniy tayyorgarligini tiklash va mustahkamlash mashqlariga qaratgan. Yig'inda jamoaga taklif etilgan yangi o‘yinchilar, shuningdek, bir qator iqtidorli yosh futzalchilar ishtirok etishmoqda.
Klub rahbariyatining tarkibni kuchaytirish borasida xorijlik o'yinchilar bilan olib borayotgan muzokaralari yakuniy bosqichda. Legionerlar shu oyning oxirigacha klub ixtiyoriga yetib kelishi kutilmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist