Futzal. Qishki transfer oynasi 6-yanvar kuni yopiladi
Qishki transfer oynasining so‘nggi besh kuni mamlakatimizda Yangi yil bayrami munosabati bilan belgilangan dam olish kunlariga to‘g‘ri kelgani hamda Oliy liga jamoalarining murojaatlari inobatga olingan holda, Oʻzbekiston futzal federatsiyasi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish muddatini yana uch kunga uzaytirishga qaror qildi.
Endilikda futzal klublari tarkibini yangi o‘yinchilar bilan to‘ldirishi va ularni ro‘yxatdan o‘tkazishi uchun so‘nggi muddat:
6-yanvar
23:59 gacha
7-yanvar soat 00:00 dan boshlab qishki transfer oynasi rasman yopiladi.
Shuningdek, 2026-yil 7-yanvar sanasidan poytaxtimizdagi “Yunusobod” sport majmuasida mamlakat milliy chempionati — Oliy liga 7-tur uchrashuvlari start oladi.
Qishki transfer oynasi muddati:
2025-yil 22-dekabr
2026-yil 6-yanvar