Futzal. Oʻzbekiston terma jamoasi Qozogʻistonga qarshi oʻynaydi
Uchrashuv 16 oktyabr kuniga belgilangan.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Ўзбекистон футзали
Osiyo kubogi-2026 final bosqichiga yoʻllanma olgan Oʻzbekiston milliy terma jamoasi shu yilning 16 oktyabr kuni Toshkentdagi "Yunusobod" sport majmuasida Qozogʻiston terma jamoasi bilan oʻrtoqlik uchrashuvida kuch sinashadi.
Mazkur uchrashuv har ikkala terma jamoa uchun oʻziga xos koʻrik vazifasini oʻtab beradi.
Oʻzbekiston – Qozogʻiston milliy terma jamoalari oʻrtasidagi oʻrtoqlik uchrashuvi soat 17:00 da boshlanadi.
"Barcha futzal ishqibozlarini "Yunusobod" sport majmuasiga chorlaymiz. Majmuaga kirish mutlaqo bepul", — deyiladi xabarda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist