locale OZ

Futzal. O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo kubogi–2026 musobaqasiga jiddiy hozirlanmoqda

Osiyo kubogi Indonesiyada bo'lib o'tadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futzal. O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo kubogi–2026 musobaqasiga jiddiy hozirlanmoqda
Фото: Ўзбекистон футзали

O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasining qadimiy va hamisha navqiron Buxoro shahrida boshlangan navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini ko‘tarinki kayfiyatda davom etmoqda.

Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogi–2026 musobaqasi oldidan Nodir Elboyev boshchiligidagi terma jamoa qarorgohida ijobiy muhit hukm surmoqda. Mashg‘ulotlar musobaqada foydalaniladigan maydon qoplamasida o‘tkazilib, futzalchilar ushbu sharoitga kun sayin tobora yaxshiroq moslashib bormoqda.

Intensiv va rang-barang yo‘nalishlarda olib borilayotgan mashg‘ulotlar futbolchilarning to‘liq kuch va ishtiyoq bilan shug‘ullanishiga xizmat qilmoqda. Yig‘in doirasida tanlangan sparring raqib — Rossiya terma jamoasining o‘yin uslubi nazariy jihatdan chuqur tahlil qilinib, mashg‘ulotlar davomida unga mos taktika ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etilmoqda.

Murabbiylar shtabi yig‘inga jalb etilgan yangi nomzodlarning jamoaning umumiy o‘yin uslubiga tezroq moslashib ketishiga alohida e’tibor qaratmoqda. Shuningdek, futzalchilarning jismoniy tayyorgarligini optimal darajada saqlab turish maqsadida mo‘tadil yuklamalar berilmoqda. Turli kombinatsiyalarni shakllantirish, standart vaziyatlardan samarali foydalanish, himoyadan tezkor qarshi hujumga o‘tish kabi o‘yin amaliyotini kuchaytirishga qaratilgan mashg‘ulotlar jarayonning yanada samarali va qiziqarli bo‘lishini ta’minlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya terma jamoasiga qarshi dastlabki xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi 19-dekabr kuni Buxoro shahridagi “Universal” sport majmuasida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv soat 17:00 da boshlanadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting