locale OZ

Futzal. O‘zbekiston – Quvayt: hamkorlikning yangi istiqbollari

Uchrashuvda shuningdek, hakamlar va mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashish kabi muhim masalalar muhokama qilindi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futzal. O‘zbekiston – Quvayt: hamkorlikning yangi istiqbollari
Фото: Ўзбекистон футзали

O‘zbekiston futzal federatsiyasi hamda Quvayt futbol assotsiatsiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Unda ikki mamlakat futzal uyushmalari o‘rtasida do‘stona aloqalarni mustahkamlash, milliy jamoalar o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvlarini tashkil etish, shuningdek, hakamlar va mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashish kabi muhim masalalar muhokama qilindi.

Muzokaralar natijasi o‘laroq, joriy yilning 19- va 21-dekabr kunlari Buxoro shahridagi “Universal” sport majmuasida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston — Rossiya milliy terma jamoalari o‘rtasidagi futzal uchrashuvlarini quvaytlik hakamlar — Abdulaziz Al Rasaf hamda Yaser Almaqseed boshqarib borishadi. Shu munosabat bilan mazkur hakamlar bugun mamlakatimizga yetib kelishdi va ayni paytda Toshkent — Buxoro yo'nalishi bo'ylab parvozga chog'lanishgan.

Shuningdek, quvaytlik tajribali hakamlarni mamlakat milliy chempionati — Oliy liganing keyingi tur markaziy uchrashuvlariga jalb etish yuzasidan ham imkoniyatlar o'rganilmoqda.

Shu bilan birga, O‘zbekistonlik FIFA hakamlari Nikita Afinogenov va Anatoliy Rubakov esa Quvaytga uchib ketishdi. Ular Quvayt hamda Afg'oniston milliy terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvini boshqarib borishadi.

Ushbu hamkorlik ikki mamlakat futzalini yanada rivojlantirish, xalqaro tajriba almashish hamda o‘zaro ishonchni mustahkamlashga xizmat qilishi kutilmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting