Futzal. O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Qirg‘iziston ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi
Bellashuvda 10 ta gol urildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Ўзбекистон футзали
III Osiyo yoshlar o‘yinlariga tayyorgarlikning so‘nggi bosqichini poytaxtimizda olib borayotgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bugun Toshkent axborot texnologiyalari universiteti sport zalida Qirg‘izistonlik tengqurlariga qarshi ko‘rik nazorat uchrashuvini o‘tkazdi.
Bahs hamyurtlarimizning to‘liq ustunligi ostida o‘tdi va Dilshod Rahmatov shogirdlari yirik hisobda g‘alaba qozondi.
Etiborli jihati — har ikkala taym bir xil, 4:1 hisobida yakunlandi. Yakuniy hisob esa 8:2 ko‘rinishini oldi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist