locale OZ

Futzal. O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Osiyo o‘yinlariga boradi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futzal. O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Osiyo o‘yinlariga boradi
Photo: O‘zbekiston futzali

Joriy yilning 22-31 oktyabr kunlari Bahrayn poytaxti Manama shahrida o‘smirlar o‘rtasida uchinchi yozgi Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Sportning 17 turini o‘zida jamlagan to‘rt yillikning yirik anjumanida O‘zbekiston o‘smirlar futzal terma jamoasi ham ishtirok etadigan bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi III Osiyo o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasiga ishonchnoma yubordi.

Dilshod Rahmatov boshchiligidagi O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoamiz Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlikni allaqachon boshlab yuborgan. Murabbiylar shtabi barcha viloyatlarda bir nechta ko‘rik mashg‘ulotlarini tashkil etib, eng munosib nomzodlarni poytaxtimizda jamladi. Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o‘tgan kengaytirilgan yig‘in yakuniy tarkibni aniqlab olishda qo‘l keldi. Shunga ko‘ra, Bahraynga boruvchi nomzodlar ro‘yxati shakllantirildi va kengaytirilgan qaydnoma Osiyo o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasiga yuborildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting