locale OZ

Futzal. O‘zbekiston Islom birdamlik o‘yinlari yarim finaliga chiqdi

O‘zbekiston terma jamoasi 3-tur bellashuvini 8-noyabr kuni Liviya terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futzal. O‘zbekiston Islom birdamlik o‘yinlari yarim finaliga chiqdi
Фото: Ўзбекистон футзали

Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tayotgan Islom birdamligi o‘yinlarining futzal yo‘nalishida kecha 2-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Nodir Eliboyev boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi ikkinchi o‘yinda ham g‘alaba qozonib, muddatidan oldin medallar uchun kurash olib boruvchi to‘rtlikdan joy oldi. Yarim finalga terma jamoamiz guruhda birinchi o‘rinni egallab chiqishi masalasi ham deyarli hal bo‘ldi.

Ozarbayjon terma jamoasiga qarshi bellashuv hamyurtlarimizning to‘liq ustunligi ostida o‘tdi. Uchrashuvning ikkinchi daqiqasidayoq hakam VAR yordamida vaziyatni tekshirib, ozarbayjonliklar darvozasiga penalti belgiladi. Garchi bu imkoniyatdan Muzaffar Ahadjonov foydalana olmagan bo‘lsa-da, bu raqibni yirik mag‘lubiyatdan qutqarib qola olmadi. Muzaffar Ahadjonov va Muhammadali Xusanboyev ushbu bahsda xet-trikka erishishdi. Akbar Usmonov esa dubl qayd etdi. Shuningdek, Ixtiyor Ropiev, Ilhomjon Hamroev, Eldor Nigmatov, Abror Ahmedzyanov va Xayrulla Solixovlar ham o‘z nomlarini tabloga bir martadan yozdirib qo‘yishdi.

O‘zbekiston terma jamoasi 3-tur bellashuvini 8-noyabr kuni Liviya terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadi.

Islom birdamligi o‘yinlarining 2-turida qayd etilgan barcha natijalar bilan tanishing:

«A» guruhi
O‘zbekiston – Ozarbayjon – 13:2
Saudiya Arabistoni – Liviya – 5:1

«B» guruhi
Marokash – Tojikiston – 7:1
Eron – Afg‘oniston – 2:2

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting