Futzal. O'smirlarimiz Bahrayn safaridan oldin so'nggi yig'inga kirishdi
Bugun o'smirlarimiz Jizzax futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilariga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Ўзбекистон футзали
Joriy yilning 22-31-oktyabr sanalarida Bahraynda bo'lib o'tadigan III Osiyo Yoshlar o'yinlarida ishtirok etishi kutilayotgan O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi poytaxtimizda so'nggi tayyorgarlik mashg'ulotlarini olib bormoqda.
Dilshod Rahmatov boshchiligidagi murabbiylar shtabi terma jamoaga nomzod o'yinchilarning jismoniy tayyorgarligini optimal holatga olib chiqish, ko'proq to'p bilan ishlash, o'yin uslubini shakllantirish yo'lida tinimsiz izlanmoqda.
Yig'in davomida bugun o'smirlar terma jamoamiz Jizzax viloyati futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilariga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga chiqdi. 19 hamda 22 oktyabr sanalarida esa Qirg'iziston o'smirlar terma jamoalari bilan ko'rik nazorat uchrashuvlari o'tkazilishi ham rejalashtirilgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist