Futzal. Oliy liga 4-tur uchrashuvlariga Qarshi shahri mezbonlik qiladi
4-turning har bir o‘yin kunida markaziy uchrashuvlar bor.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Ўзбекистон футзали
Mamlakat milliy chempionati – Oliy liga jamoalarining 4-tur uchrashuvlari shu yilning 22 – 25-oktyabr sanalarida Qarshi shahrida bo‘lib o‘tadi. Turga “Geolog” sport majmuasi mezbonlik qiladi.
Mazkur tur Oliy ligada birinchi davrani yakunlab beradi. Shu bois ham barcha ishtirokchilar davraning so‘nggi ikki uchrashuvidan maksimal ochko jamg‘arish harakatini qilishi aniq. Bu esa muxlislarga qiziqarli va murosasiz o‘yinlarni taqdim etadi.
4-turning har bir o‘yin kunida markaziy uchrashuvlar bor. Ayniqsa chempionat yetakchilari “BMB PFC”, OKMK, SQB, “Nasaf”, “Lokomotiv”, “Oil Star”, “Bunyodkor” jamoalarining o‘zaro hisob kitobi “turni yondiradi”.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist