Futzal. «Dinamo» «Neftchi» bilan jangovar durang qayd etdi, «Qizilqum» ustidan g‘alabaga erishdi
Futzal bo‘yicha Oliy liga 12-tur doirasidagi o‘yinlar davom etmoqda.
23 may kuni Dilshod Haydarqulov boshchiligidagi "Dinamo" futzal jamoasi Toshkentda "Neftchi"ga qarshi parketga tushdi. Qiziqarli kechgan bahsda vakillarimiz ikki bor hisobda oldinda borishdi, biroq yakunda 2:2 hisobida jangovar durang qayd etildi.
Bugun, 24 may kuni esa "Dinamo" "Qizilqum"ga qarshi saf tortdi. Shiddatli bahsda samarqandlik futzalchilar Navoiy klubi ustidan g‘alabani qo‘lga kiritishdi – 4:2.
Oliy liga. 12-tur. Toshkent
Dinamo – Neftchi – 2:2
Gollar: 1:0 — Daler Eshonqulov (4ʼ) 2:0 — Samandar Murodqulov (36ʼ) 2:1 — Abdug‘offor Mahmudov (36ʼ) 2:2 — Dostonbek Bobojonov (38ʼ)
Dinamo — Qizilqum – 4:2
Gollar: 1:0 — Mehroj Xudoyberdiyev (11ʼ) 2:0 — Mehroj Xudoyberdiyev (14ʼ) 2:1 — Soares (16ʼ) 3:1 — Mehroj Yunusov (23ʼ) 3:2 — Asadbek Yuldashev (25ʼ) 4:2 — de Souza Menezes (28ʼ).