locale OZ

Futzal. Bugungi raqibimiz Yaponiya haqida

Navbatdagi bahs jamoalarning qit'a chempionatlari doirasidagi sakkizinchi to'qnashuvi bo'ladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futzal. Bugungi raqibimiz Yaponiya haqida
Фото: Ўзбекистон футзали

Yaponiya qit'amizning bayroqdor futzal terma jamoalaridan biri hisoblanadi. Quyosh chiqadigan mamlakat futzalchilari to'rt bor Osiyo kubogini boshi uzra baland ko'tarishga erishgan. Bundan tashqari, jamoa 6 marta kumush va 2 marta bronza medallariga sazovor bo'lgan.

Yaponiyada futzalga XX asrning 80-yillarida tamal toshi qo'yilgan. Mamlakat milliy terma jamoasi ilk rasmiy uchrashuvini 1989 yilda Belgiya termasiga qarshi o'tkazib, 0:3 hisobida mag'lub bo'lgan.

Qiziqarli faktlar:
- Eng yirik g'alaba: 2005 yil, Guam — 18:0
- Eng yirik mag'lubiyat: 2002 yil, Ispaniya — 0:16
- Jahon chempionati: 5 marta final bosqichida ishtirok etgan
- Eng yaxshi natija: nimchorak final (2012, 2021)

Osiyo kubogi:
- Ishtirok: uzluksiz (17 marta)
- Eng yaxshi natija: chempion (2006, 2012, 2016, 2022)
- O'yinlar: 101 ta
- Natijalar: 74 g'alaba | 7 durang | 20 mag'lubiyat
- To'plar nisbati: 477–195

O‘zbekiston - Yaponiya

Osiyo chempionatlari final bosqichlarida jamoalar o'rtasida 7 ta uchrashuv bo'lib o'tgan:
5 g'alaba — Yaponiya, 1 g'alaba — O‘zbekiston, 1 durang.

Osiyo kubogidagi o‘zaro o‘yinlar:

- 1999 — Yaponiya 5:5 O‘zbekiston (guruh bosqichi)
- 2002 — Yaponiya 1:0 O‘zbekiston (chorak final)
- 2004 — Yaponiya 4:2 O‘zbekiston (yarim final)
- 2006 — Yaponiya 5:1 O‘zbekiston (final)
- 2014 — Yaponiya 1:2 O‘zbekiston (guruh bosqichi)
- 2018 — Yaponiya 4:2 O‘zbekiston (guruh bosqichi)
- 2022 — Yaponiya 2:1 O‘zbekiston (yarim final)

Navbatdagi bahs jamoalarning qit'a chempionatlari doirasidagi sakkizinchi to'qnashuvi bo'ladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting