Futzal, Bugun Rossiyaga qarshi ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkaziladi
Birinchi o'yinda o'zbekistonlik futzalchilar g'alaba qozongandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Ўзбекистон футзали
FIFA kunlaridan unumli foydalanib, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Buxoro shahrida jahon reytingida 7-o‘rinni egallab turgan Rossiya terma jamoasiga qarshi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazmoqda.
Ikki kun avval bo‘lib o‘tgan dastlabki bahsda Nodir Eliboyev shogirdlari irodali o‘yin namoyish etib, 3:2 hisobida g‘alabani qo‘lga kiritishgan edi.
Bugun mazkur jamoalar o‘rtasida ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv tomonlarning o'zaro kelishuviga binoan muxlislar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari uchun yopiq tarzda tashkil etiladi.