locale OZ

Furqatbek Yoqubov TUF 33da debyutini o‘tkazdi, afsuski, mag‘lubiyat bilan

O‘zbekistonlik fayter birinchi jangda qozog‘istonlik Alibi Idrisga ochkolar hisobida yutqazdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

Bugun, 25 iyun kuni The Ultimate Fighter 33 realiti-shousining beshinchi qismi namoyish etildi. Unda o‘ta engil vazn toifasidagi jangchilar ishtirokida navbatdagi to‘qnashuv bo‘lib o‘tdi.

Qozog‘istonlik Alibi Idris (Daniel Kormyen jamoasi) hamda o‘zbekistonlik Furqatbek Yoqubov (Cheyl Sonnen jamoasi) o‘rtasidagi jangda ikki raundlik kurash kuzatildi.

Afsuski, yosh fayterimiz ochkolar natijasiga ko‘ra mag‘lub bo‘ldi. Bu g‘alaba bilan Alibi Idris musobaqaning yarim finaliga yo‘l oldi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting